Qozog‘istonda 11 may kuni karantin cheklovlari muddati tugadi. Ammo...

Qozog‘istonda koronavirus xavfi tufayli joriy etilgan karantin cheklovlari muddati 11 may kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Joriy etilgan karantin qoidalari bosqichma-bosqich yengillashtiriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ma’lum qildi.

“Bugun mamlakatning barcha hududlari bo‘ylab joriy etilgan favqulodda vaziyat holati to‘xtatiladi. Biroq bir qator hududlarda kasallik yuqish xavfi saqlanib turibdi. Epidemiya ustidan to‘liq g‘alabaga erishganimiz yo‘q. Pandemiya ayni vaqtda ham aholi salomatligiga xavf solmoqda. Shu sababli karantin cheklovlari, vaziyatga qarab bosqichma-bosqich yengillashtiriladi”, deya ma’lum qildi Toqayev FV holatini ta’minlash Davlat komissiyasining yakuniy yig‘ilishida.

Bugungi kungacha Qozog‘istonda 5,1 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etilgan, ulardan 31 nafar odamning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.