Qozog‘istonda avtobus ishtirokida ro‘y bergan YTHda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmadi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 2 dekabr kuni Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati hududida “Chimkent-Samara” avtotrassasida ichida 71 nafar yo‘lovchi, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Olingan ma’lumotga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish joyiga ularni O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasigacha eltib qo‘yish uchun Chimkent shahridan 2 ta avtobus yuborilgan.

Vaziyat bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingani aytilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.