Qozog‘istonda prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 9 iyun kuni erta tongdan Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovlarii bo‘lib o‘tmoqda. 

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga 7 nafar nomzod ishtirok etmoqda, jumladan Nur Otan  partiyasi vakili, Tokayev, Sadibek Tugel, Amangeldi Taspixov, Daniya Yespayeva, Toleutay Rahimbekov, Jambil Axmetbekov va Amirjan Kosanov.

Bu mustaqil Qozog‘iston tarixida oltinchi prezident saylovi. Saylovlarda ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar davom etadi.

Nursulton Nazarboyev poytaxtdagi maktab o‘quvchilar saroyida saylov uchastkasida ovoz berdi.

Ma’lumot uchun, Respublikani 30 yil davomida boshqarib kelgan Nazarbayev 2019 yilning 20 mart kuni o‘z iste’fosini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng vaqtinchalik davlat rahbari etib Qosim-Jomart Tokayev tayinlangan edi.