Qozog‘istonda referendum bo‘lyapti
- 05.06.2022 09:48
- 94
- Xorij
Bugun Qozog‘istonda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tmoqda.
Amaldagi Konstitutsiyaning kamida uchdan biriga taaluqli bo‘ladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Prezident vakolatlarini kamaytirib, parlament va mahalliy kengashlar rolini yanada oshiradi, o‘lim jazosi uzil-kesil bekor qilinadi, birinchi prezident Nazarboyev haqidagi konstitutsion maqomlar butunlay bekor bo‘ladi.
Amaldagi Prezident Tokayev Referendum uning prezidentlik muddatlarini nollashtirmasligi haqida ommaviy tarzda ochiq bayonot bergan. Bundan avval ham Tokayev Konstitutsiyani buzib, uchinchi muddatga bormasligi haqida bir necha bor ma’lum qilgandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa