Qozog‘istonda sodir bo‘lgan mudhish YTHda bir nafar O‘zbekiston fuqarosi va ikki nafar politsiyachi qurbon bo‘ldi (foto)
- 15.07.2019 09:54
- 287
- Xorij
TIV xabariga asosan, 13 iyul kuni “Olma-ota – Yekaterinburg” trassasining 380-kilometrida SsangYong avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etgan va bir necha kishi jarohatlangan edi.
Ayni damda avtomobil ichida 6 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganligi va ulardan biri qurbon bo‘lgani O‘zbekiston TIV tomonidan ham tasdiqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil ichida Jambil viloyati Moyinkum tumani IIBning ikki nafar xodimi va 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Qozog‘iston OAVlari xabariga ko‘ra, ushbu YTH migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarini ramiylashtirish uchun olib ketilayotganda sodir bo‘lgan.
Ayni damda Qozog‘iston huquqni saqlash organlari tomonidan JKning “Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” bandi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim