Qurilish va obodonlashtirish sohasida tajriba almashish uchun Xorazm viloyati delegatsiyasi Past Darg‘omga keldi

Xorazm viloyati hokimining qurilish,  kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh  tumandagi, qurilish-bunyodkorlik, ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari bilan tanishish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida Past Darg‘omda bo‘ldi.

- Tuman obodonlashtishish boshqarmasi qoshida tashkil etilgan “Pastdarg‘om bunyodkor obod” DUK faoliyatiga bilan tanishar ekanmiz, Xorazm viloyati tumanlarida ham ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zida jamlagan davlat unitar korxonasini tashkil etishni maqsad qildik. Bu ishni amalga oshirsak, qurilish tannarxi arzonlashadi, tushgan foyda yana tumanni obod qilish ishlariga yo‘naltiriladi. Ana shunda obodonlashtirish ishlarining davlat Dasturlari yoki mahalliy budjet mablag‘larining orttirilgan qismiga bog‘liqligi kamayishiga erishamiz. Past Darg‘om tumanida tashkil etilgan mana shunday ishlarni tajriba sifatida viloyatimiz tumanlarida ham joriy etishni rejalashtiryapmiz, - dedi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Bahrom Qurbonov.