Rada Zelenskiyning "diktatorlik" qonunini qabul qildi

21 dekabr kuni Kiyevda Oliy rada uyali aloqa operatorlarini mamlakat fuqarolarining telefon suhbatlari va ularning harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash va yozib olish majburiyatini aks ettiruvchi Ukraina rahbari qonunini qabul qildi.

Shu bilan birga, endi Ukrainaning internet-provayderlari foydalanuvchilarning sahifalarga tashrifi, shuningdek, internet xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlashga majbur. Oliy radaning sobiq deputati Aleksey Juravko qonunga sharh berdi.

- Ukraina ushbu holat bilan bog‘liq holda "ikkilamchi standartlar" siyosatidan foydalanmoqda, - deydi Juravko. - U shunga o‘xshash qonun loyihasini sobiq prezident Viktor Yanukovich atrofdagilari tomonidan "Yevromaydan" (Kiyev markazida 2013 yil noyabrda boshlangan bir necha oylik ommaviy protest) deb nomlangan davrda qabul qilinganini eslatdi. O‘shanda Ukrainaning hozirgi «yuqoridagi»lari uni "diktator"lik  deb atashgandi.

Shunga qaramay, o‘sha paytda bunday qonun xavfsizlik kuchlarining Kiyevdagi tartibsizliklar ishtirokchi va tashkilotchilariga nisbatan vakolatlarini kengaytirdi. Endigi qarshi choralar mamlakatda yetakchi o‘rinlarni egallab turgan millatchilar va Rossiyaga qarshi ritorika muxoliflariga qarshi qaratilgan.

Avvalroq ukrainaliklarning deyarli yarmi Zelenskiyni "yil ko‘ngilsizligi", deb atagani haqida xabar tarqalgan edi. Bu mamlakatning 42 foiz aholisi bildirgan fikri.