Raketada birinchi parvoz

Raketada fazoga parvozda o‘tgan asrning 60-yillarida avvalo Strelka laqabli it, so‘ngra inson sinab ko‘rilganini bilasiz. Biroq, undan ancha oldin - 1951 yil 22 iyulda birinchi “P-1” raketasi uchirilgani, unda ikkita tirik mavjudot 88 kilometr balandlikka ko‘tarilganini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Bular Sgan va Dezik laqabli itlar edi. Jonivorlar o‘sha payt uchun misli ko‘rilmagan sinovlarni boshdan kechirgan: og‘irliklari goh birdan olti martagacha oshib ketgan, goh vaznsizlik nolga tushgan. Biroq itlar sinovga mardona dosh berishgan. Raketa ularni parashyutda yerga beshikast tushirgan. Yerga qo‘ngan zahoti jasur kuchuklar yam-yashil o‘tloq bo‘ylab o‘ynoqlab yugurib ketgan.  

***

Yozish va libos uchun o‘simliklar

Yerda salkam yarim million xil o‘simlik bor. Yana tuproqsiz o‘sadiganlari va hasharotlar bilan oziqlanadiganlari ham ancha. 

Biz quyida yozmoqchi bo‘lganimiz - fantastik ko‘rinishi va hayratli tarixga ega o‘simlik haqida. Qiziq, agar odamlar o‘simlikdan qog‘oz tayyorlanishini o‘rganishmaganda yozuv qanday rivojlangan bo‘lar edi?

Birinchi qog‘oz o‘simlik - papirus. U hozirgacha Nil botqoqliklarida gurkirab o‘sadi. Uning uzun poyasi o‘zagidan misrliklar ajoyib yozuv ashyosi tayyorlashgan va o‘simlik singari papirus deb atashgan. Uzun lentalar yelimlanib, o‘ram hosil qilgan va unga muhim gaplar, she’rlar, madhiyalar yozilgan. Qadimgi papirus yoshi 5000 yildan ziyod! 

Birinchi qog‘oz Xitoyda paydo bo‘lgan. U ikkinchi asrda qo‘lda bambuk, tut tolasidan tayyorlangan. XIX asr o‘rtalariga kelibgina qog‘oz ulkan selyuloza-qog‘oz kombinatorlarida tayyorlovi boshlagan. 

Inson qog‘oz kashf qilingunga qadar mato to‘qishni o‘rgangan. Yer yuzida birinchi mato bundan 9 ming yil avval Hindiston tog‘li hududlarida to‘qilgan. 

Dunyoda tolali o‘simliklar ko‘p: kanop, paxta, jut, rama. Qizig‘i, jahonda o‘simlik tolasining yarmini paxta beradi. 

O‘simliklar nafaqat yozuv ashyosi tayyorlash, libos uchun xilma-xil gazmollar to‘qish manbai, balki inson salomatligi uchun zarur dori-darmonlar hamdir.

T.Shomurodov tayyorladi.