Raqamlardagi dunyo

4

Dunyoda har soniyada to‘rtta bola tug‘iladi. Oddiy arifmetika daqiqada taxminan 250, har soatda 15 ming, kuniga esa 360 000 tug‘ilish tashkil qilishini ko‘rsatdi. “Global Footprint Network” tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 131,4 million odam tug‘ilar ekan.

 3000

Yaponiyada har yili o‘rtacha uch mingta zilzila sodir bo‘ladi. Bu haqiqatga e’tibor qilgan holda yashaydigan mamlakatda uylar mustahkam beton va po‘latdan foydalanilgan maxsus poydevorda qurilgan. Maktablarda zilzila  paytida o‘zini qanday tutish bo‘yicha harakatlar o‘rgatiladi va har bir uyda zarur narsalar jamlab qo‘yilgan maxsus chamadon bor. Noxush hodisalarning soni oyiga bir necha yuzga yetadi. Rekord 2016 yilning aprel oyida qayd etilgan — o‘shanda Kumamotodagi kuchli zilziladan so‘ng bir oy ichida uch ball va undan yuqori bo‘lgan 499 ta zilzila qayd etilgan.

145

Aniqrog‘i, Farengeyt bo‘yicha minus 145,84. Bu sayyorada qayd etilgan eng past havo harorati. Bizga tanish Selsiy shkalasiga o‘girilganda, bu harorat - 98,8 darajani tashkil etadi.

Ushbu rekord 2018 yilda Antarktidada sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari davomida qayd etilgan. Avvalgi rekord Rossiyaning “Vostok” ilmiy-tadqiqot stansiyasiga tegishli bo‘lib, 1983 yilning iyul oyida u yerdagi harorat -89,2 daraja sovuq bo‘lgan.

100 000 000

Olimlarning fikriga ko‘ra, Yerda to‘rt kvadrillion-kvadrillion bakteriya yashaydi. Ularning hammasi ham zararli emas: ba’zilari inson uchun foydali va hatto hayotni saqlab qolishga qodir (oddiy penitsillin misolida). Avstriyaning Grats texnik universiteti biologlarining fikriga ko‘ra, supermarketdan olingan atigi bitta yashil olma tarkibida 100 million bakteriya bor ekan. Tasavvurga sig‘maydi - 100 000 000 - bir va sakkizta nol...

150 000 000

Britaniyaning "Independent" tabloidi “Muhammad” dunyodagi eng mashhur ism ekanini aniqladi — 150 000 000. Dunyodagi eng mashhur ruscha (nafaqat ruscha - ko‘pincha boshqa mamlakatlarda ham qo‘llaniladi) ism bu Ivan. Sayyoramizda o‘n milliondan ortiq Ivanlar bor va agar siz ularga Jon (Djon)lar va Ioan (Ioan)larni qo‘shsangiz, bu 73 millionga teng keladi.

108 milliard

Vashington  Aholi ma’lumotlari byurosining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2015 yil holatiga ko‘ra, birinchi odam paydo bo‘lgandan beri butun Yer aholisi 108,2 milliard kishini tashkil etgan. Agar oddiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, bu raqamdan barcha o‘lganlar olib tashlansa, 7,4 milliard yoki taxminan 7 foiz kelib chiqadi.

Hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida Masih tug‘ilishidan oldingi ellik minginchi yil olingan - “Homo Sapiens” aynan o‘sha paytda paydo bo‘lgan deb ishoniladi.