Rishi Sunak birinchi kundayoq mamlakatni “halollik va hisobdorlik” bilan boshqarishga va’da berdi
Bu yil uchinchi va so‘nggi olti yil ichida beshinchi, Britaniya hukumati rahbari almashdi. Bosh vazir o‘zidan oldingi Liz Trass «xato»larini tuzatishga harakat qilishini va oldinda turgan "murakkab qarorlar" haqida ogohlantirdi.
«Men bu hukumat uchun iqtisodiy barqarorlik va ishonchni birinchi o‘ringa qo‘yaman. Bu murakkab qarorlar qabul qilishni anglatadi», dedi yangi bosh vazir.
Sunakning kelishi bilan nafaqat Buyuk Britaniyada, balki xalqaro maydonda ham barqarorlik tiklanishi kutilmoqda. Butun dunyodan kelayotgan tabriklar tagzamini – bu kursni keskin o‘zgartirmasdan birgalikda ishlashni davom ettirish umididir.
Fransiya prezidenti Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziridan dolzarb muammolar, xususan, Ukrainadagi urush va uning Yevropa va butun dunyo uchun oqibatlarini yechish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarni kutmoqda.
Vladimir Zelenskiy Sunak bilan suhbatdan so‘ng Rossiya tajovuzi qarshisida har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishiga amin bo‘ldi.
Liz Trass hatto qo‘ng‘iroq ham qilmagan Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjen o‘zaro hurmatga umid qilmoqda.
Bir nechta kutilmagan qarorlarga qaramay, yangi hukumat "tajribali qo‘llarning yuqori lavozimlarga qaytishi" deb nomlandi va bu Sunakning bo‘lingan Konservativ partiyaning ikkala qanotini tinchlantirishga urinishiga o‘xshaydi.
Moliyaviy barqarorlikni saqlashga urinib, u g‘aznachilik rahbari Jeremi Xantni o‘zgartirmadi va Boris Jonsonning sobiq tarafdorlari bilan bo‘linishni bartaraf etish uchun Jeyms Kleverlini tashqi ishlar vaziri va Ben Uollesni mudofaa vaziri sifatida qoldirdi. O‘z so‘zida yangi bosh vazir halollik va hisobdorlik bilan boshqaruv yuritishini ma’lum qilgan.