Robotlar odamzodni yenga oladimi?
Bugungi kunda odamga ustunlik qiladigan robotlar paydo bo‘lyapti. Sun’iy intellekt inson aql-zakovatining mahsuli bo‘lib, odamlar og‘irini yengil qilishi ko‘zda tutilgan.
Ammo keyingi paytlarda uning imkoniyatlari inson miyasi imkoniyatlaridan oshib ketishi mumkinligi texnika taraqqiyoti ishqibozlarini ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmoqda.
Gap shundaki, sun’iy intellekt robotlar kelgusida Yer yuzining yarmini egallab olishi, odamlarni boshqaruvda, ishlab chiqarishda, fan-texnika, ilmda o‘rinlarini egallashi mumkin. Sun’iy intellekt shunday qobiliyatga ega bo‘ladiki, doimo o‘zining o‘zi «miyasi»ni rivojlantirib borishi, odamzodga nisbatan muammolarni ming karra tez hal etishi mumkin.
Bu xavf behuda emas. 1968 yilda shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Devid Levi birorta kompyuter uni 10 yil davomida yenga olmasligini e’lon qildi. Va u garovda yutib chiqdi. Ammo vaqt o‘tdi – mashinalar «aqli» o‘sdi. 1989 yilda Levi Deyer Thoght dasturiga yutqizib qo‘ydi. Keyinchalik ushbu kompyuter bilan Garri Kasparov musobaqalashdi. U dastlab yutdi, ammo keyinroq yutqazib qo‘ydi.
«30 yildan keyin robotlar odamlar qiladigan barcha ishni bajara oladi", deydi isroillik professor Moshe Vardi. U sun’iy intellekt oxir-oqibat Yer yuzi aholisi yarmining ishini tortib oladi, deb hisoblaydi.
Shunga qaramasdan biz sun’iy intellektning foydali jihatlarini ham inkor etolmaymiz. U bizga hozirgi zamon turli sohalarida bir zumda ma’lumot olish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt qanchalik aqlli bo‘lmasin, biz bir narsani – uni odam yaratganini unutmasligimiz kerak, deydi olimlar taskin berib. – Inson miyasi noyab. U doimo shohsupada.
T.Shomurodov tayyorladi.