Rossiya Afg‘onistonda AQSh harbiylarining o‘ldirilishi uchun pul to‘laganlikda ayblandi
- 27.06.2020 22:35
- 183
- Xorij
Rossiya harbiy razvedkasi Afg‘onistondagi AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari harbiylarining o‘ldirilishi uchun “Tolibon” terrorchilik xarakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) jangarilariga mukofot puli va’da qilgan, degan hulosaga keldi Amerika maxsus xizmati. Bu haqda The New York Times nashri yozdi.
Nashr taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Moskva AQSh va “Tolibon” o‘rtasida olib borilgan tinchlik sulhi muzokaralarini yo‘qqa chiqarishga harakat qilgan. 2019 yilda Afg‘onistonda 20 nafar amerikalik harbiy o‘ldirilgan. Ayrim harbiylarning vafoti Rossiya razvedkasi harakatining oqibati bo‘lishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlar asirga olingan Tolibon va boshqa jangarilarni so‘roq qilish vaqtida olinganligi haqida aytilmoqda.
O‘z navbatida, Rossiya TIV ushbu xabar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.