Rossiya koronavirus qayd etilishi holati bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi

Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni 87147 nafarga yetdi. Xitoyda esa hukumati taqdim etgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich ularda 82830  nafarni tashkil etmoqda.

Rossiyada so‘nggi kecha-kunduzda 6198 nafar yangi kasallanish holati qayd etilgan.

Yangi ma’lumotlarni hisobga olgan holda dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Rossiya to‘qqizinchi pog‘onani band etdi.

Mamlakatning koronavirusga qarshi kurashish tezkor shtabi bergan ma’lumotga ko‘ra, kasallanganlarning 43,4 foizida klinik alomatlar kuzatilmagan.