Rossiya "Ochiq osmon" shartnomasidan chiqadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Ochiq osmon» shartnomasini denonsatsiya qiluvchi qonunni imzoladi. Hamkorlikdan voz kechish to‘g‘risida rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tgach, kelishuvda ishtirok etadigan davlatlar Rossiya hududi bo‘ylab monitoring parvozlar huquqidan foydalana olmaydi.

Avvalroq, AQSh «Ochiq osmon» shartnomasidan chiqib ketgan edi. O‘shanda amaldagi prezident Jo Bayden ushbu qarorga qarshi chiqqan bo‘lsa-da, Vashington oxir-oqibat ushbu kelishuvga qaytishdan bosh tortganligi to‘g‘risida Moskvani xabardor qildi, dedi Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov.

Shartnomada ishtirok etgan boshqa mamlakatlar uning saqlanib qolishiga umid bildirishdi. Germaniya tashqi ishlar vazirligi Moskvaning chekinishini "Shimoliy yarim sharda xavfsizlik uchun ahamiyatli oqibatlarga olib keluvchi qurollanishni nazorat qilish global arxitekturasiga og‘ir zarba" deya atadi. Fransiya bu "o‘zaro ishonchni mustahkamlash va jamoaviy xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan harakatga" putur yetkazishini aytdi.

«Ochiq osmon» shartnomasi a’zo davlatlarga harbiy ob’yektlarni kuzatib borish va qurollanishni cheklash to‘g‘risidagi bitimlarni bajarish uchun sherik hududlar bo‘ylab favqulodda parvozlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Shartnomani buzishdan oldin, Vashington Moskvani hujjat qoidalarini buzganlikda va AQSh bo‘ylab favqulodda kuzatuv parvozlariga bo‘lgan huquqni suiiste’mol qilganlikda aybladi. Rossiya bu da’volarni rad etdi.