Rossiya qo‘shinlarining Ukraina yaqinidan olib chiqilishi ayrim manbalarda chalg‘itish deb hisoblanmoqda
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat qo‘shinlari Ukraina chegarasidan qaytayotgani va bu kun "G‘arb OAVlarining jazavali targ‘iboti sharmandali yakun topishi bilan tarixga qolishi"ga ishora qilgandi. Biroq, qator davlatlar Rossiya qo‘shinlari hamon Ukraina chegarasida qolayotgani haqda aytmoqda.
Bu haqda Amerika va Yevropa hukumat tuzilmalaridagi anonim to‘rtta manbaga tayanib, The Washington Post gazetasi yozgan.
Ularga ko‘ra, Vashington Rossiyaning qo‘shinlarning mashg‘ulotlardan doimiy dislokatsiyasiga qaytishi haqidagi bayonotlarini “chalg‘itishga qaratilgan dezinformatsion kampaniyaning bir qismi bo‘lishi mumkin”.
17 fevral kuni AQSh Rossiya qo‘shinlarining Ukraina bilan chegarasidan olib chiqilishiga ishonmasligi va yangi bosqin sanasini 20 fevralga belgilagani ma’lum qilingan edi. “Rossiya-Ukraina urushi” boshlanishining yangi sanalarini Amerikaning Politico so nashri tahlilchilarga tayanib ma’lum qildi
Nashrning ishonchi komilki, avvalroq e’lon qilingan 16 fevral sanasi e’tiborni yanada muhim vaqt doiralaridan “chalg‘itdi”. Rossiya qurolli kuchlari bo‘yicha ekspert Maykl Kofmanning ta’kidlashicha, aynan Rossiya qo‘shinlarining 20 fevral kuni Belarus bilan qo‘shma mashg‘ulotlar yakunlanganidan keyingi harakatlari vqoyealar rivojini tushunishga yordam beradi.