Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga oldi

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasini (COVID-19) oldini olish uchun qo‘llaniladigan, Gamalei epidemiologiya va mikrobiologiya Milliy tadqiqot markazi va Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish fondi hamkorligida ishlab chiqarilgan, dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga oldi. Bu haqidagi ma’lumot Rossiyaning davlat dori-vositalari ro‘yxatida chop etildi.

“Dori-vositasining savdodagi nomi: Gam-KOVID - SARS-COV-2 virusi oqibatida yuzaga keladigan koronavirus infeksiyasini oldini olish uchun qo‘llaniladigan VakKombinatsiyalangan Vektorli vaksina. Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlangan yoki kimyoviy nomlanishi: koronavirus infeksiyasini (COVID-19) oldini olish uchun qo‘llaniladigan vaksina”, - deyilgan chop etilgan ro‘yxatda.

Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish fondi va Gamalei MTM, ayni vaqtda klinik sinovdan o‘tkazilayotgan, Rossiyadagi dastlabki vaksinani ishlab chiqarish uchun faol ishlar olib bordilar.