Rossiya tufayli Tramp G7 davlatlari yetakchilari bilan ziddiyatga bordi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiyani G8 ga qaytishi yuzasidan “Katta yettilik” davlatlari yetakchilari bilan ziddiyatga bordi. Bu haqda Guardian nashri diplomatik doiralardagi manbalarga asoslanib xabar berdi.
Nashriyot bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyaning Biarritse shahridagi sammit chog‘ida G7 davlatlarining boshqa a’zolari yetakchilari, AQSh Prezidentining taklifini qo‘llashmagan, jiddiy bahslashuv yuzaga kelgan.
Gazetaning yozishicha, Tramp hamkasblari keltirgan sabablarga qo‘shilmagan.
AQSh Prezidenti, xususan, Eron, Suriya va Shimoliy Koreya muammolarini muhokama qilishda “Rossiya zalda bo‘lishi kerak”, deya ta’kidlagan.
E’tirof etilishicha, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ushbu masala yuzasidan betaraflikni saqlab turgan, biroq Italiya hukumati rahbari Juzeppe Konte Tramp taklifini qo‘llagan. Qolgan yetakchilar, jumladan, Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ham Rossiyani G8ga qaytishiga qat’iy qarshi chiqdilar.
“Shundan so‘ng, yumshoqroq qilib aytganda, vaziyat keskinlasha boshladi” – degan nashr suhbatdoshi.