Rossiya va Yaponiya muzokaralari elektron pochta orqali amalga oshiriladi

Rossiya va Yaponiya hukumatlari yangi turdagi koronavirus tarqalish xavfi tufayli 12 mart kuni bo‘lishi kerak bo‘lgan uchrashuvni elektron pochta orqali amalga oshirish qaroriga keldi.

Uchrashuvda yapon aholisi uchun janubiy Kuril orollariga vizasiz tizimda tashrif buyurish masalasi muhokama qilinishi lozim edi. Bu haqda Kiodo axborot agentiligi xabar berdi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, muzokaralarni elektron pochta orqali amalga oshirish tashabbusi Rossiya tomonidan bildirilgan. Uchrashuv Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Yaponiya tomoni koronavirus tufayli janubiy Kurilga vizasiz tizim joriy etilishi amalga oshirilmasligidan xavotirda ekanligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi bitim mart oyi o‘rtalarida amalga oshirilishi kutilayotganligi ham ta’kidlangan.