Rossiya yana olov ichida qoldi
- 06.05.2019 13:38
- 215
- Xorij
Kunlar isib, Rossiyada o‘rmon yong‘inlari ko‘paydi. Ayniqsa, Novosibirsk viloyatida o‘rmon yong‘inlari ko‘lami 4 baravar oshgan. Bu yerda bir hafta mobaynida 68 ta yong‘in kelib chiqqan va 336 gektar maydondagi o‘rmon yonib ketgan. Ba’zi joylarda yong‘in aholi turar joylariga ham xavf solayapti. Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov o‘rmonlarga ko‘z-quloq bo‘lish uchun ko‘proq patrullar jalb etish haqida topshiriq berdi.
Shuningdek, viloyatda yong‘in o‘chirish ishlariga to‘rtta vertolyot yordam berayapti.
Rossiya FVV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababchilari o‘rmonlarga dam olishga boruvchilar va mahalliy aholidir.
"Hatto, shahardan chiqib uzoq o‘rmonlarga, tabiat qo‘yniga dam olishga boruvchilar orasida shunchaki tomosha uchun o‘rmonga o‘t qo‘yuvchilar ham bor", deyiladi FVV ma’lumotida.