Rossiyada COVID-19 oqibatlaridan o‘lim ko‘paydi
Rossiyada koronavirusdan bir sutkada vafot etganlar soni 900 dan oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich. Oldingi rekord bir kun oldin yangilangan bo‘lib, 895 o‘lim qayd etilgan edi. O‘tgan kun davomida 25 mingdan ortiq yangi infeksiya holati aniqlandi va ularning umumiy soni 7,6 millionga yetdi.
Mamlakatdagi epidemiya markazi bo‘lgan Moskva shu paytgacha cheklovlarni qaytadan joriy etmadi: rasmiylar karantin "mamlakatning har bir mintaqasi uchun mutlaqo istalmagan ssenariy" bo‘lib qolishini aytishdi.
"Davr tanlanmaydi, ularda yashaydi va o‘ladi". Emlash bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, har kim o‘z sog‘lig‘i haqida quyg‘urishi va immunitetini oshirishi kerak», deydi mutaxasassislardan biri.
Yevropa bo‘yicha pandemiya qurbonlari soni eng ko‘pi Rossiyada. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra bu 212 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Mamlakatda emlash darajasi pastligicha qolmoqda: 146 million aholining atigi 29 foizi to‘liq emlangan, 33 foizga yaqini kamida bitta doza olgan.
Sentyabr oyining oxirida boshlangan yangi epidemiya tufayli Rossiya sog‘liqni saqlash tizimida og‘ir vaziyat vujudga kelmoqda.