Rossiyada har to‘rt kishidan bittasi oziq-ovqatlarni tejay boshladi
Oxirgi bir yilda har to‘rt rossiyalikdan biri 24 foiz yeguliklarni tejashga o‘tgani, 29 foizi esa sayohatga borishni to‘xtatganini aytgan. Bu haqda "Romir" tadqiqotlar xoldingi o‘tkazgan so‘rovnomada ma’lum bo‘lgan.
Faqatgina so‘ralganlarning 17 foizi hech narsada tejamkorlik qilmayotganini va bunga hojati ham yo‘qligini bildirgan.
Avvalgi yillarga qaraganda Rossiyada tejamkorlik qilish ko‘rsatkichi yildan yilga oshib bormoqda.
Masalan, 2016 yilda so‘ralganlarning 11 foizi tejamkorlikka o‘tganini ma’lum qilgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 18 foizga ko‘tarildi. 2018 yilda esa 24 foizga chiqdi.
Shuningdek, so‘rovnomada ba’zilar restoranlarga bormay tejamkorlikka o‘tganini bildirsa, yana ayrimlar pardoz mahsulotlarini xarid qilishda tejamkorlikka o‘tganini bildirgan.
Uchinchi o‘rinni kiyim-kechaklar xarid qilishda pul tejaydiganlar olishdi. So‘ralganlarning 26 foizi kiyim-kechak sotib olishda tejamkorlikka o‘tganini ma’lum qilgan.
Ushbu so‘rovnoma aprel oyida o‘tkazilgan va unda 1.5 ming yoshi 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar qatnashgan.