Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun yangi mobil ilova
- 27.01.2021 09:47
- 503
- Samarqand
Rossiya Federatsiyasida chet el ishchi kuchining yetishmovchiligi sababli Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiyadan mehnat migrantlarini jalb qilishning yangi mexanizmi joriy etildi.
«Qo‘lda boshqarish» tartibida ishlaydigan yangi mexanizmga ko‘ra, endilikda qurilish kompaniyalari yoki viloyatlar rahbariyati ma’lum bir ob’yekt uchun migrantlarni chaqirish yuzasidan Rossiya Qurilish vazirligiga murojaat qiladi.
Shu munosabat bilan xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasida qulay ro‘yxatdan o‘tishi va soliq to‘lashi uchun «MIGRANT SERVIS» mobil ilovasi ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga borayotgan fuqarolar vaqtincha mobil ilovadan foydalanishi maqsadga muvofiq ekanligi ma’lum qildi.
Mobil ilovaning o‘zbek tili versiyasi ham mavjud.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa