Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati 145 ming nafardan oshdi
- 04.05.2020 17:22
- 141
- COVID-19
2020 yil 4 may holatiga Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati 145 268 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 18 ming nafari sog‘aygan, 1356 nafar o‘lim holati qayd etilgan. Mamlakatda so‘nggi kecha kunduzda 10581 nafar yangi kasallanish holati aniqlandi. Bu haqda 4 may kuni koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi vakili jurnalistlarga ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, kasallanganlarning bir kecha-kunduzlik ko‘payishi 7,9 foizga oshgan. Eng ko‘p kasallanganlar mamlakat poytaxti Moskvada qayd etilmoqda. Poytaxtda umumiy hisobda 74 401 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan va so‘nggi kecha-kunduzda 5795 nafar yangi kasallanish holatlari qayd etildi.