Rossiyada mamlakatning bosh qonuniga o‘zgartirish kiritish uchun o‘tkazilgan saylov natijalari e’lon qilindi
- 03.07.2020 12:50
- 384
- Xorij
Rossiya markaziy saylov qo‘mitasi barcha ovozlarni hisoblab chiqdi. Hisobotga ko‘ra, 77,92 foiz ovoz berganlar Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritilishi uchun ovoz bergan, o‘zgartirish kiritilishiga qarshi tomon 21,27 foizni tashkil etgan.
Saylovda jami 67,97 foiz Rossiya fuqarolari ishtirok etgan. Jiddiy qoida buzilishlari to‘g‘risida shikoyat bo‘lmagan.
Rossiya bosh qonuniga o‘zgartirish kiritilishi uchun o‘tkazilgan saylovlar 25 iyundan 1 iyulga qadar davom etdi. Dastlab saylovlar 22 aprel kuni o‘tkazilishi lozim edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli saylov o‘tkazilish sanasi kechiktirildi.
Saylov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng mamlakat Prezidenti Vladimir Putin saylovda ishtirok etib, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishini yoqlagani uchun rossiyaliklarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa