Rossiyada xitoylik ishchilarga hujum qilgan o‘zbekistonlik jinoyatchilarga sud hukmi o‘qildi
Novosibirsk viloyat sudi 2019 yilda bu yerda xitoylik ishchilarga hujum qilib, ularni tunagan bir guruh o‘zbekistonlik migrantlar ishiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda sib.fm xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar birinchi hujumni 2019 yil iyul oyida uyushtirgan. Ular xitoylik ishchilarning turar-joy binosiga bostirib kirib, ikki kishini kaltaklagan va 600 ming rubl va qimmatli ashyolarini olib ketgan.
Bir oy o‘tgach, o‘g‘irlikning ikki a’zosi yana o‘g‘irlik qilishga borgan. Bu safar hujum qurbonlari jinoyatchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Oqibatda xitoylik ishchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. O‘g‘rilar ikkinchi o‘g‘irlik natijasida 400 ming rublni qo‘lga kiritgan.
Umumiy keltirilgan zarar 1,2 mln. rubl deb baholangan.
Talonchilikda gumon qilingan shaxslar 2019 yil oktyabr oyida qo‘lga olingan. Ular 22 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan. Novosibirsk viloyat sudi ularni aybdor deb topib, hujum ishtirokchilari bo‘lgan 5 kishini 8-9 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qildi. Xitoylik ishchini o‘ldirgan shaxs esa 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.