Rossiyadagi mehnat muhojirlari tomonidan O‘zbekistonga qancha mablag‘ jo‘natilgan?
- 25.12.2019 10:26
- 187
- Iqtisodiyot

Rossiyadagi mehnat muhojirlari tomonidan to‘lov tizimlari orqali o‘z vatanlariga yuborilayotgan o‘rtacha pul jo‘natmalari lenta.ru ning FinExpertiza kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqildi.
Unga ko‘ra, 2019 yilning 9 oyi davomida Rossiyadan chetga jo‘natilgan mablag‘lar ko‘rsatkichi har bir kishiga (oyiga) 422 AQSh dollarini tashkil etgan.
Jumladan, mehnat muhojirlari MDH mamlakatlariga o‘rtacha 377 AQSh dollari, Vetnam, Turkiya, Isroil kabi davlatlarga esa 775 dollar jo‘natishgan.
Shuningdek, Rossiyada son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadigan mehnat muhojirlarining o‘z vatanlariga jo‘natmalari esa quyidagicha:
O‘zbekistonga — 418 AQSh dollari, Tojikistonga — 195 dollar, Ukrainaga — 182 dollar, Xitoyga — 1920 dollar, Qirg‘izistonga — 536 dollar.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa