Keyingi 2 oyda Rossiyadagi o‘zbek muhojirlarining maoshini vaqtida ololmayotgani haqidagi murojaatlar keskin oshdi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshqarma boshlig‘i Azim Axmatov ma’lum qildi.

Fevral-mart oylarida migrantlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarning mazmuni ko‘proq o‘zgargan. Masalan, o‘tgan ikki oyda 2,2 mingdan ortiq fuqaroga huquqiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, buning 1,3 mingdan ortig‘i ish haqini vaqtida ololmaslik bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etgan.

Ilgari bu mazmundagi murojaatlar 10-15 foiz atrofida bo‘lgan. Biroq so‘nggi oyda uning darajasi keskin oshgan.