Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlarga yordam berish uchun «Saxovat» markazi ishga tushdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida, bir guruh vatandoshlarimiz "Saxovat" yordam markazini tashkil etdi.

COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya Federatsiyasida og‘ir hayot sharoitlariga tushib qolgan o‘zbekistonliklar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish ularning asosiy vazifasidir.

16 apreldan boshlab "Saxovat" yordam markazi saxovat.rf portali orqali va markazning Facebook sahifasida yordam so‘rovnomalarini qabul qilishni boshlaydi.

Bundan so‘ng markazning xodimlari Moskva va Moskva viloyatida yashovchi muhtoj fuqarolarimizga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni manzillariga yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Birinchi navbatda, ayollar, qariyalar, nogironlar va yosh bolalarga yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, markaz +79167977772 “ishonch telefoni” orqali yurtdoshlarimizga bepul axborot-huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Siz ham hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz: bank pul o‘tkazmalari (sahifa bu yerda) orqali Rossiyada bo‘lgan vatandoshlarimizga yordam berishingiz yoki “Saxovat” yordam markazining volontyori bo‘lishingiz mumkin.


Sberbank ONLAYN - 4276 3800 8102 2647 Georgiy Vladimirovich S.


Yandeks.Dengi - 410016004548150