Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari amalga oshiriladi
- 12.12.2020 12:40
- 41
- O‘zbekiston

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish maqsadida “Toshkent-Moskva-Toshkent” yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezdlar qatnovi “Moskva Kazanskiy-Toshkent” yo‘nalishida quyidagi sanalarda amalga oshiriladi:
➖ 14 dekabr, 22:28 (Moskva vaqti)
➖ 21 dekabr, 22:28 (Moskva vaqti)
➖ 28 dekabr, 22:28 (Moskva vaqti)
Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Moskva-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
Moskvadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib jo‘natishlari ham mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand