Rossiyalik harbiylar Samarqandda

Rossiya Federatsiyasi markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Aleksandr Lapen boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor P.Ergashev hamrohligida Samarqandda bo‘ldi.

Ular Markaziy harbiy okrugidagi qator harbiy qismlarda bo‘lib, ofitser va askarlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bu borada o‘zaro tajriba almashdi.

Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarga qilingan tashrif rossiyalik harbiylarda katta taassurot uyg‘otdi.

Baxtiyor MUSTANOV.