Rulda uxlab qolgan Tojikiston fuqarosi YTH oqibatida vafot etdi
2019 yilning 24 noyabr kuni taxminan soat 20:00 larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 27 yoshli E.N. boshqaruvidagi «Opel» rusumli avtomashinasida “Buxoro-Samarqand” yo‘nalishida «Buxoro-Samarqand» M-37 avtomobil yo‘lining 141-kilometrida harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolgan. Oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Yo‘l-transport hodisasi tufayli haydovchi E.N. hodisa joyida vafot etgan. Avtomashina yo‘lovchisi, 28 yoshli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.