Sadir Japarov Qirg‘izistondagi saylovda yetakchilik qilmoqda
Qirg‘iziston Respublika Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Sadir Japarov byulletenlarning 98 foizi sanab chiqilgach, 79 foiz ovoz bilan Qirg‘izistondagi prezident saylovlarining birinchi bosqichida peshqadamlik qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da saylov qutilaridagi uskunalar 2476 ta saylov uchastkasidan 2425 tasida ovozlarni sanab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu saylov uchastkalarida 1 million 117 mingdan ziyod kishi yoki saylovchilarning 79,2 foizi ovoz berdi.
Saylov uchastkalarining 71 foizidan olingan ovozlarni qo‘lda hisoblash bo‘yicha ham Japarov yetakchi. Qonun bo‘yicha ovoz berishning yakuniy natijalarini chiqarishda qo‘lda hisoblash talab qilinadi.
Prezident saylovlari bilan bir vaqtda respublikada boshqaruv shaklini tanlash bo‘yicha referendum ham o‘tkazildi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, fuqarolarning 80 foizdan ko‘prog‘i parlament boshqaruviga nisbatan prezident boshqaruv shaklini afzal ko‘rishdi.