Avtomashina salonida 906 dona ov quroli patronlarining kapsulalari borligi aniqlandi

Bojxona xodimlari tomonidan kontrabanda holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan “Daut-ata” chegara bojxona postidan mamlakatimizga o‘zining “Kia cerato” rusumli avtomashinasida kirib kelgan fuqaro R.A. bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona tekshiruvidan o‘tkazildi.

Avtomashina salonida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 906 dona ov quroli patronlarining kapsulalari borligi aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.