"Samarqand hunarmandlar markazi"da yong‘in sodir bo‘ldi
- 13.02.2019 15:01
- 287
- Jamiyat

Bugun - 13 fevral tongi soat 3.00 larda Samarqand shahridagi "Samarqand hunarmandlar markazi"da yong‘in sodir bo‘lgan.
"101" raqamiga qo‘ng‘iroq qilingach, yong‘inni bartaraf etishga Samarqand shahridagi yong‘in o‘chirish guruhi yetib kelgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning katta qismi saqlab qolingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida markazning bir qismi zarar ko‘rgan va bu yerda faoliyat yuritayotgan uch-to‘rt nafar hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari yonib ketgan.
Yong‘inni kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Teglar:
yong‘in
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ellik kilo uni bor odam boy hisoblanardi
- Kecha, 16:39
- Mutolaa
Murojaatchilar e’tirofidagi deputat
- Kecha, 14:35
- Jamiyat
Rossiya dronlari ilk bor NATO mamlakati hududida
- Kecha, 14:34
- Xorij