Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlariga mukofot pullari undirib berildi
Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 963-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etilishi monitoring yo‘li bilan o‘rganildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, bo‘limning 6 nafar xodimiga 2019 yilning Mustaqillik va Yangi yil bayrami uchun mukofot pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Samarqand shahar adliya bo‘limi tomonidan ushbu fuqarolarning manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizalar kiritildi.
Natijada Samarqand shahar adliya bo‘limining arizasi sud tomonidan qanoatlantirilib, Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining 6 nafar xodimlariga 11 million 393,7 ming so‘m mukofot pullari undirilib berilishi ta’minlandi.
Nodir Komilov,
Samarqand shahar adliya bo‘limi
boshlig‘i.