Samarqand shahri hokimi Pusan shahrida turizm bo‘yicha taqdimot o‘tkazadi
- 26.09.2019 10:11
- 111
- Xorij
Samarqand shahri hokimi Boburmirzo Oblaqulov 25-28 sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tkaziladigan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi shaharlari turizmini rivojlantirish tashkilotining 9-assambleyasida ishtirok etmoqda.
Bugun, 26 sentyabr kuni assambleyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Umumiy farovonlik, ochiq sheriklik orqali turizm” mavzusida o‘tayotgan tadbirda hukumatlararo hamkorlikning samarali va amaliy strategiyalari to‘g‘risida muzokaralar olib borilmoqda.
Kun davomida B.Oblaqulov Pusan shahri hokimi bilan uchrashishi belgilangan. Shuningdek, hokim assambleya ijroiya qo‘mitasining 34-yig‘ilishida Samarqand shahrining turizm salohiyatiga doir taqdimot o‘tkazadi.
Tadbir tafsilotlari haqida ma’lumot berib boramiz.
Teglar:
Samarqand shahri hokimi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa