Samarqand shahri mutasaddilari Xitoydagi xalqaro anjumanda qatnashyapti
- 19.10.2019 10:51
- 97
- Jamiyat

Xitoy davlati Shandun provinsiyasining Szinan va Sindao shahrlarida birodarlashgan shaharlar hamkorligini rivojlantirish yuzasidan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
15-20 oktyabr kunlari o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Erkin Rajabov boshchiligidagi bir guruh hamshaharlarimiz, tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Vakillarimizni Szinan shahar kongressining doimiy qo‘mitasi rahbari In Lutsyan qabul qildi. Uchrashuvda ikki shaharning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida muzokaralar olib borildi va o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Teglar:
konferensiya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Soliqchilar 7 oylik faoliyatlarini tahlil qildi
- 29 daqiqa avval
- Samarqand
Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi qayerda dam oladi?
- Bugun, 12:07
- Samarqand
Qadimgi Misrda yovuz ruhlar bo‘lganmi?
- Kecha, 18:35
- O'qing, qiziq!
Uyning iffati
- Kecha, 18:32
- Mutolaa