Sun’iy intellekt va elektron boshqaruvga bag‘ishlangan yana bir anjuman o‘tkazilmoqda

Bugun, 28- sentyabr kuni Toshkent shahrida, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda YuNESKO hamkorligida “Sun’iy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Unda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi rais o‘rinbosari senator Farhod Boqiyev hamda qo‘mita a’zoasi, senator Farmon Toshev ishtirok etmoqda. Anjuman  28 sentyabr – "Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni" munosabati bilan tashkil etilgan.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, dunyo miqyosida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, davlat organlarining ma’lumotlarni yetkazishda shaffoflik va ochiqlik siyosatiga rioya etishi va sohada erishilayotgan muvaffaqiyatlar, yangiliklar taqdimoti bilan tanishtirishdan iborat.