Samarqand shahrida 59 tup daraxtning osti beton bilan qoplangani aniqlandi
- 21.07.2023 21:19
- 52
- Samarqand
Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan joylarda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari jarayonida, ayrim tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘z hududidagi manzarali daraxtlarga reklama va e’lonlari bannerlarini ilganlik holati va ostki qismi beton qoplamasi bilan to‘sib qo‘yilganligi aniqlangan.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, o‘tgan 20 kun davomida Samarqand shahridagi 59 tup daraxtlar ostidan beton qoplamalari olib tashlangan bo‘lsa, 91 tup daraxtlarda o‘rnatilgan reklama e’lonlari, elektr moslamalari olib tashlangan.
Shuningdek, kelgusida shunga o‘xshash holatlar kuzatilsa qonunda belgilangan tartib normalarga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- 3 soat avval
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- 3 soat avval
- Samarqand