Samarqand shahrida 60,2 kilometr oqova suv tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Natija nima berdi?

Jahon bankining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan “Buxoro va Samarqand shaharlari oqova suv tozalash inshootlari va oqova tizimlari rekonstruksiyasi” loyihasi doirasida Samarqand viloyatiga 34,3 million dollar mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lib, bu mablag‘ hisobidan 2 ta oqova suv tozalash inshooti, 3 ta oqova suv nasos stansiyasi va 60,2 kilometr tarmoqlar qurish hamda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Hozirda o‘zlashtirilgan mablag‘lar hisobidan Farhod shaharchasidagi oqova suvni tozalash inshooti to‘liq rekonstruksiya qilindi va foydalanishga topshirildi. 60,2 kilometr oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari ham to‘liq bajarildi.

1 ta oqova suv tozalash inshooti va 3 ta oqova suv nasos stansiyalarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari shu yil aprel oyiga qadar tugatiladi.

Mazkur loyiha bo‘yicha iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan Samarqand shahrida qo‘shimcha ravishda 3 ta oqova suv nasos stansiyasi va 36 kilometr kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilmoqda. Bu ishlar joriy yilning so‘ngiga qadar tugatiladi.

Yaqinda "O‘zsuvta’minot" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi S.Saifnazarov Jahon bankining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar bilan tanishib, Samarqand shahri aholisini sifatli kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash, o‘z o‘rnida sanitariya va epidemiologik holatni yaxshilash lozimligi bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Komil Yusupov,

“Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori.