Samarqand shahrida bog‘chaga qamrov 80 foizga yetkaziladi
- 07.07.2019 21:34
- 146
- Samarqand

Bu haqda Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B.Obloqulov «Ochiq muloqot» ko‘rsatuvi davomida aytib o‘tdi.
Shaharda 2018 yilda 2 ta bog‘cha rekonstruksiya qilinib, 3 tasi mukammal, 26 tasi joriy ta’mirlangan, yangi 18 ta xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ish boshlagan.
Joriy yilning o‘tgan davrida esa 2 ta nodavlat hamda 16 ta oilaviy bog‘chalar tashkil etilgan.
Yil yakunigacha yana 2 ta yangi MTM qurish, 2 ta MTMni rekonstruksiya qilish, 28 ta nodavlat hamda 34 ta oilaviy MTMlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Natijada maktabgacha ta’lim muassasalarga bolajonlarning qamrovi 80 foizga yetadi.
Teglar:
bolalar bog‘chasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Grenlandiya: Yer larzaga kelgan kun
- 21 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Viloyat hokimi fermerlar bilan uchrashdi
- 24 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi
Oila – ma’naviyat va insonparvarlik maskani
- 25 daqiqa avval
- Samarqand