Samarqand shahrida joriy yilda 32 ta yong‘in sodir bo‘ldi
Qishning qirovli kunlari kishilar uylarini isitishning turli antiqa yo‘llarini o‘ylab topishadi. Ammo, birgina ehtiyotsizlik yomon oqibatlarga olib kelishini xayollariga keltirishmaydi. Kimdir gaz plitasini doimiy yoqib qo‘yadi, kimdir g‘ishtdan qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan foydalanadi. Bu ham yetmagandek, ularni qarovsiz qoldiradi. Natijada falokat sodir bo‘ladi.
Samarqand shahrida joriy yilning o‘tgan fevral oyi mobaynida 32 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inning 26 tasi aholi turar joylarida ro‘y berdi. Misol uchun 2019 yilning 11 mart kuni soat 05:57 larda Samarqand shahrida yashovchi B.Djafarova uyida yong‘in sodir bo‘lib, uy jihozlari va uyning tom qismi yong‘indan zarar ko‘rdi. Xonadon egasi gaz isitish pechkasini yoqib, qarovsiz qoldirgan ekan.
Joriy yilning 27 fevral kuni Samarqand shahar Kul mahallasida yashovchi fuqaro T.Azimov oshxonasidagi gaz plitasini yoqmoqchi bo‘lgan. Gaz yo‘qligi bois uni qayta o‘chirishni unutgan va ko‘chaga chiqib ketgan. Birozdan so‘ng T.Azimov uyiga qaytib kelib, elektr energiyasini yoqmoqchi bo‘lgan. Elektr energiyasi ham o‘chib qolganligi sababli uy egasi gaz hidini sezmasdan gugurt yoqqan. Shu payt qisqa muddatli chaqnash sodir bo‘lib, xonadon egasi kuyish tan jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Dilshod Najmiyev,
Samarqand shahar YXB inspektori, serjant.