Samarqand shahrida pandemiya sabab 1223 nafar fuqaro ishsiz qoldi

Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, Samarqand shahrida 548 ming nafar aholi istiqomat qilib kelyapti. Shundan iqtisodiy faol aholi 249 ming nafarni, bandligi ta’minlangan aholi 225,7 ming nafar (rasmiy bandlar 119,7 ming nafar (53 %), norasmiy bandlar 106,0 ming nafar (47 %)ni tashkil etadi.
Ishsizlar soni 23,280 ming nafar bo‘lib (ishsizlik darajasi 9,3 foiz), pandemiya davrida 1223 nafar fuqaro ishsiz qolgan va daromadini yo‘qotgan.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.