Samarqand shahridagi bunyodkorlik ishlariga xalaqit berayotgan ayrim daraxtlarning farmoyish asosida kesilishi ehtimoli bor

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi “Samarqand shahrida 2019-2022 yillarda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrining 42 ta asosiy ko‘chalarida muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini qurish, 26 ta ko‘chani rekonstruksiya qilish, 10 ta tunnel va ko‘priklar bunyod etish ishlari boshlandi.

Qarorga asosan bugun Samarqand shahrining Gulobod ko‘chasida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Shu bois ko‘chadagi obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlariga xalaqit beruvchi ayrim daraxtlarning kesilishi ehtimoli bor, deb xabar bermoqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qarori 43-bandi talablari asosida Samarqand shahar hokimining daraxtlarni kesishga ruxsat berish to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.