Samarqand shahridagi “Situatsion markaz” faoliyati nimadan iborat?
Samarqand shahrida “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida “Situatsion markaz” yaratildi.
Ushbu markaz Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi uchun qurilgan yangi binoda joylashgan.
Ushbu tizimga bugungi kunda Samarqand shahridagi mavjud 4 mingdan ortiq video kuzatuv kameralaridan 1100dan ortig‘i geoinformatsion tizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.
- Sodir etilgan jinoyatni issiq izidan ochish maqsadida tizimga barcha profilaktik hisobda turuvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan.
Jumladan:
- Muqaddam sudlanganlar;
- Spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar;
- Notinch oilalar;
- Ruhiy kasallar va boshqa turdagi profilaktik hisobda turuvchi 380 dan ortiq shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan.
- Bundan tashqari Samarqand shahar geoinfarmatsion xaritasiga
- 107 mingdan ortiq xonadonlar;
- 13 ta cherkovlar;
- 22 ta kasb hunar kollejlari;
- 657 ta gidrandlar;
- 10 ta tarixiy obidalar;
- 37 ta tibbiyot muassasalari;
- 98 ta mehmonxonalar;
- 11 ta jamoatchilik nazorat maskanlari;
- 128 ta maktabgacha ta’lim muassaslari;
- 22 ta masjidlar;
- 77 ta maktablar kadastr raqamlari va rahbarlari to‘g‘risidagi bilan kiritilgan,
- jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida sinov tariqasida Registon maydoniga SOS tugmasi o‘rnatilgan.
- Bugungi kunlarda maxalliy dasturchilarimiz tamonidan yaratilgan video ta’svir orqali odam yuzini aniqlash tizimi integratsiya qilinib, sinov tariqasida
- Temir yo‘l vokazali;
- Aeroport;
- Registon maydoni;
- Siyob bozori;
- Ulug‘bek avtobekatiga o‘rnatilib, nazoratga olindi.
- Bundan tashqari barcha sohaviy xizmatlar va favqulotda tezkor xizmatlarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan GPS navigator qurilmasi geoinformatsion tizim bilan integratsiya qilingan bo‘lib, ushbu transport vositalar
- 45 dona Samarqand viloyati IIB PPXB;
- 20 dona Samarqand viloyati IIB YHXB;
- 2 dona Samaqand viloyati IIB XTTB;
- 3 dona Milliy gvardiya;
- 2 dona favqulotda vaziyatlar boshqarmasi;
- 2 dona tez tibbiy yordam;
- 1 dona Elektr tarmoqlari;
- 1 dona Shahargaz;
- 1 dona Suvoqova DUKning joylashgan nuqtasi, hamda harakat jarayonini kuzatish imkonini beradi. Bu bilan sodir etilgan hodisani bartaraf etishda kuch va vositalarni tezkor va to‘g‘ri yo‘naltirishga erishamiz.
- Shuningdek, tizim orqali yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashda kuch vositalarini boshqarish uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
- shahrimizning asosiy kirib chiqish yo‘llari orqali o‘tuvchi transport oqimini aniqlash;
- 4 ta chorrahada yo‘l harakati qoidalari buzilishini aniqlovchi tizim test rejimida ishlamoqda.