Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi

Samarqand shahar hokimi farmoyishiga muvofiq, shaharning ayrim ko‘chalarida Yangi yil archasi o‘rnatilishi va bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar doirasida joylarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash maqsadida bugun, 22 dekabrdan kelasi yilning 5 yanvariga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

– Qorasuv massivi ko‘p qavatli uy-joy binolari oldidagi chorrahadan  Iftixor  ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

– Amir Temur maydonidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasida va Ko‘ksaroy maydonida;

– Beruniy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Temiryo‘l vokzali binosigacha bo‘lgan qismida;

– Sartepa maskani Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filliali akademik litseyi oldidan o‘tgan 200 metr qismida;

– Kimyogarlar qo‘rg‘oni Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

– Kimyogarlar qo‘rg‘oni Darg‘om ko‘chasining 1-dam olish markazi oldidan o‘tuvchi qismida;

– So‘lim shaharchasi Zakovat ko‘chasining Almati ko‘chasi bilan kesishgan  chorrahasidan Mevali ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

– So‘lim shaharchasi Alisher Navoiy ko‘chasining 2-zamonaviy madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o‘tgan qismida;

– Farhod shaharchasi “Zarafshon” istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi tutashmadagi 2 ta ko‘chada.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.