Samarqand tuman hududida yuk mashinasi bilan avtomashina to‘qnashib ketgan, haydovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan

Samarqand tuman IIB ning Zarnews.uz saytiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bugun yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.  

2019 yil 28 may kuni soat 12:00 larda Samarqand tumani O‘zbekkenti mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi D.S boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” 5511 rusumli 30 Z 061 JA davlat belgili yuk mashinasini avtomobil yo‘lining O‘zbekkenti-Qorasuv yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotganda, ushbu avtomobil yo‘liga tutashgan M-37-O‘zbbekkenti yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelgan haydovchi Z.H boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada “Neksiya-3” rusumli avtomashina haydovchisi Z.H hodisa joyida vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Samarqand tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2019 yil 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.