Samarqand tumani Bandlikka ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Nosir Mavlonov aholi o‘rtasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish, fuqarolarni doimiy va vaqtincha ish bilan ta’minlash, bu boradagi muammolarni bartaraf etishda ushbu markazning faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdi. Yangi binoda yaratilgan qulayliklar soha xodimlarining yanada samarali faoliyat ko‘rsatishi hamda odamlarga ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qilishini ta’kidladi.

 

– Muassasamiz bir vaqtning o‘zida 15 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadi, - deydi markaz direktori Jamshid Melikov. – Bino 9 ta xonadan iborat bo‘lib, zamonaviy mebellar bilan jihozlandi, isitish uskunalari o‘rnatildi. Murojaatchilar bilan ishlash, fuqarolarni qabul qilish uchun xonalar ajratildi.

“Farhod” xususiy korxonasi tomonidan qurib bitkazilgan ushbu binoga 1 milliard 98 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Markaz 15 ta zamonaviy kompyuterlar, yuqori tezlikka ega optik tolali internet tarmog‘i ta’minlandi.

Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati.