Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i ishsiz fuqarolar bilan uchrashdi

Samarqand viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov aholi tilida “mardikor bozor” deb ataluvchi Samarqand, Past Darg‘om va Urgut tumanlaridagi bir martalik ish qidirib chiquvchi shaxslar to‘planadigan manzillarda bo‘lib, aholi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kunlik ish izlab chiqadigan fuqarolarning muammolari tinglandi. Fuqarolarning aksariyati Rossiya, Qozog‘iston davlatlarida ishlagan, pandemiya sababli keta olmaganlar bo‘lib, ularga tuman bandlikka ko‘maklashish markazi orqali ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi va ularning ro‘yxati shakllantirildi.

Ishsiz fuqarolar issiqxona qurib berilishi, xorijga chiqishga ko‘maklashish va kasb-hunar markazida o‘qish istagini bildirishdi.  

Ro‘yxatga olingan fuqarolarning doimiy bandligini ta’minlash, subsidiyalar ajratish va kasb-hunarga ega bo‘lmaganlarni hunarga o‘rgatish bo‘yicha tegishli  mas’ullarga topshiriqlar berildi va aniq vazifalar belgilab olindi.

Samarqand viloyat bandlik bosh boshqarmasi axborot xizmati.