Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi
#Reklama_o‘rnida
QABUL E’LON QILADI
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Samarqand shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish quyidagi kasblar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi:
- Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik (avtoslesarlar, motoristlar, avtoelektriklar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar).
- Payvandlash ishlari mexanik-texnigi (elektr yoyida, avtomat va yarimavtomatda (kepmomat), gaz alangasi yordamida, argon (volfram elektrod)da payvandlovchilar, santexniklar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari).
- Elektron texnikalarni montaj qilish va sozlash texnigi (elektromontaj ishlari, elektr yuritmalarining elektr cho‘lg‘amlarini o‘rash, dasturiy mantiqiy kontrollerlar (PLC), sanoat elektromontaji va boshqaruvi, elektrotexnika komponentlari, maishiy texnikalarni ta’mirlovchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustalar).
- Kompyuter injiniringi texnigi (Axborot texnologiyalari) (Wyeb dasturchilar, kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustalar, tarmoq operatorlari, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatuvchilar va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchilar, ofis ishlari operatori, 1C buxgalteriya, SMM marketingini yurituvchilar, video va fotomontajchilar, reklama gif animatorlari).
- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish (tokar, frezerlovchi, texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish uskunalari, avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori).
- Kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi (Tashqi reklamalar dizayneri, mock-up dizaynerlar, qadoqlash mahsulotlari dizayneri, chop etiladigan reklama ob’yektlari dizayneri, tekstil sohasida dizaynerlar, 3D modellar dizayneri, Wyeb dizayner, fotograf, fotomontajchi, videomontaj ustasi, landshaft dizayneri, interer va eksterer dizaynerlar, qurilish ob’yektlarini maxsus dasturlarda loyihalovchi dizaynerlar, reklama sohasida ishlatiladigan uskunalar operatori).
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 8 oy, shundan markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 2 oy.
Bitiruvchilarga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Markazda o‘qish uchun o‘zingiz yashaydigan tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (ABKM) ga murojaat qiling. ABKM tomonidan berilgan yo‘llanmalar 2021 yil 1 avgustdan 15 sentyabrgacha www.sertifikat.mehnat.uz manzili orqali online ravishda markazga yuboriladi. Yo‘llanmalar markazga kelib tushgandan keyin 5 ish kuni muddatida sizga bu haqda xabar yuboramiz.
ABKM yo‘llanmasi o‘qishga qabul qilish uchun asos hisoblanadi, imtihon yoki sinovlarsiz o‘qishga qabul qilinasiz. Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan. Rejadagi o‘quvchilar qabul qilingandan keyin yo‘llanmalar qabul qilinmaydi.
Markazda mashg‘ulotlar 2 oktyabrdan boshlanadi.
Quyidagi hujjatlarni markazga kelganingizdan keyin qabul komissiyasiga topshirasiz:
- Ariza.
- Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi).
- Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (attestat yoki diplom).
- Ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama (ish beruvchi, tuman (shahar)
Bandlikka ko‘maklashish markazi, jismoniy shaxs) shartnoma nusxasi.
- 3,5 x 4,5 sm. o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Manzil: Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasi, 264 “A”-uy
Murojaat uchun telefonlar: (99866) 221-73-62,
bestdoc.mehnat.uz: Samarqand KOIKA markazi
Sayt: www.samarkand-vtc.uz
Telegram: @samarkandvtc
Facebook: @samarkandvtc
Ye-mail: sam-koica@mail.ru
INN: 207243716
Qabul to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni markaz veb-saytidan olishingiz mumkin.